DILSHOD OTIN

DILSHOD OTIN, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul soʻfi qizi) , (1800, Oʻratepa — 1905/06, Qoʻqon) — shoira, maʼrifatparvar. Otasidan savod oʻrgangan. Maktabdorlik qilgan — xotin-qizlarga xat-savod oʻrgatgan. Anbar Otin D. O. ning iqtidorli talabalaridan boʻlgan. Dilshod Otin gʻazal, muxammas, masaddas, chiston va b. bilan birga xotiranomalar ham yaratgan. Uning 91 ta oʻzbekcha va 51 ta tojikcha sheʼri, «Tarixi muhojiron» («Muhojirlar tarixi») badiiy-tarixiy asarining oʻzbekcha va tojikcha 3 qoʻlyozma nusxasi («Tazkirai Barno», «Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron» — «Inson matonati va muhojirlar tarixi», «Muntaxab alashʼori Barno» — «Barnoning tanlangan sheʼrlari») bizgacha yetib kelgan. Bularda oʻzaro urushlar, xalqning turmush sharoiti va boshqa ijtimoiy-siyosiy voqealar oʻz ifodasini topgan. Turkistonni chor Rossiyasi bosib olishiga boʻlgan munosabatda shoira zamondoshlaridan ilgarilab, bu hodisaning barcha oqibatlarini toʻgʻri tushungan. Shu jihatdan Dilshod Otin sheʼriyati xalqtaqdirining badiiy yilnomasi darajasiga koʻtarildi. Shu bilan birga shoira baxtiyor zamon, yaxshi kunlar kelishiga ishondi («Bu jabru zulmat albat muvaqqat…», «Fargʻona» va b.), turkistonliklarni doʻst-inoq yashashga undadi («Xaloyiq, borsangiz…», «Tarixi muxosara» va b.). D. O. lirikasida mu-habbat va sadoqat mavzui, vatan va inson ozodligi masalasi uygʻunlashib ketgan («Sochim sunbul deyurlar…», «Falakda suzuvchi oy…» va b.).

Dilshod Otinning «Tarixi muhojiron» asarida 19-a. Qoʻqon xonligidagi tarixiy, ijtimoiysiyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni maʼrifatli, erkin, jamiyatning teng huquqli aʼzolari boʻlishga chorlagan. Shuningdek, asarda Oʻratepa va Qoʻqonda yashagan 30 dan ortiq shoir va shoiralar ijodi haqida maʼlumot keltirilgan. Dilshod Otin asarlari qoʻlyoz-masi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (inv. № 1207). Asarlari oʻzbek va tojik tillarida nashr qilintan.

As: Tanlangan asarlar, T., 1972; Zebunniso, Dilshod va Anbar Otin sheʼriyatidan, T., 1981.

Ad.: Qodirova M., Dilshod, T., 1971. Begali Qosimov.


Lotin alifbosida maqola: DILSHOD OTIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ANBAR OTIN
QOʻQON XONLIGI
XALQ IJODI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты