DILSHOD OFO BEGIM

DILSHOD OFO BEGIM (? – 1383) — Amir Temuripnt xotinlaridan biri. Amir Temur 1374-y. Jeta (Moʻgʻuliston) hukmdori Qamariddinga qarshi qoʻshin tortib, raqibini taʼqib etib Uchfarmon va Otboshi orqali sharqdan Fargʻona vodiysiga kirganda, oʻgʻli Jahongir Mirzo Qamariddinning lashkarboshisi Shamsuddinbekning xotini Buyon ogʻo va qizi Dilshod ogʻoni asir tushirib otasi oʻrdugohi (Arpa mavzei)ga keltirgan. Amir Temur D. o. b. ga mayl bildirib unga uylangan. Dilshod ofo begim Amir Temurning harbiy safarlarida unga doimo hamroh boʻlgan. Amir Temur Xurosondagi Xabushon sh. (hoz. Kuchon)ni egallagan paytda (1383) Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, «…Mahdi ulyo Dilshod ogʻogʻa marazi paydo boʻlib, Samarqand sori yibardilar… Toʻngquz yilida, yetti yuz sekson beshda (1383-y. yozi) hazrat sohibqironning xaram muhtarami Dilshod ogʻo vafot boʻldi» («Zafarnoma», T., 1997, 98-6.). D. o. b. dan farzand boryoʻqligi haqida aniq maʼlumot yoʻq.


Lotin alifbosida maqola: DILSHOD OFO BEGIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
TOSHKENT
HARBIY SANʼAT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты