DIMETILFORMAMID

DIMETILFORMAMID, chumoli kislota dimetilamidi, (HCONCH3) 2 — oʻziga xos hidli rangsiz suyuklik. Mol. m. 73,09. Suyuklanish t-rasi — 61°, qaynash t-rasi 153°, zichligi 944,5 kg/m3 (25°); suv, spirt, atseton, efir, benzol, uglerod sulfid (CS2)ra aralashadi. Sanoatda chumoli kislotani dimetilamin b-n kondensatlash, metilformiat aminozolini dimetilamin bilan 80—120° t-ra va 0,1 — 0,4 MPa bosimda kondensatlash, me-tilaminni 100—150° t-ra va 2,5—20 MPa bosimda CH,ONa ishtirokida metanolda karbonillash usullari bilan olinadi. Neft pirolizi gazlari aralashmalaridan atsetilen va diyen uglevodorodlarni ajratib olishda, poliakril tolalar (sitron, orlon va b.), tasmalar, lok-boʻyoq materiallar, teri, qogʻoz, yogʻoch, viskoza tola va b. materiallar i. ch. da erituvchi sifatida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DIMETILFORMAMID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UGLEROD
VISKOZA TOLALAR
KALSIY
NEFT
QOGʻOZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты