DINAMOMETAMORFIZM

DINAMOMETAMORFIZM (yun dynamis — kuch va metamorphosis — oʻzgarmoq) — Yer poʻstida togʻ jinslarining strukturaviy, maʼlum darajada tubdan mineral oʻzgarishlari, metamorfizmning bir turi. Dinamometamorfizmning asosiy omillari — tektonik harakatlardan vujudga keladigan (dinamik) va yuqorida yotgan togʻ jinslarining ogʻirligidan qosil boʻladigan (statik) bosim. Taʼsir etgan bosimning xiliga qarab togʻ jinslari qisman yoki butunlay qayta kristallanadi, baʼzan yangi minerallar va togʻ jinslari hosil boʻladi yoki togʻ jinslari mexanik parchalanadi. Dinamometamorfizm asosan Yer poʻstining yuqori struktura zonalarida sodir boʻladi. Dinamometamorfizm natijasida milonitlar va slaneslashish vujudga keladi.


Lotin alifbosida maqola: DINAMOMETAMORFIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI
TEKTONIK XARITALAR
MINERAL


Добавить комментарий