DINAMOMETR (yun. dynamis — kuch va… metr) — kuch yoki burovchi momentni ulchaydigan asbob. D. kuch zvenosi (qayishqoq element) va hisoblash qurilmasidan iborat. Vazifasiga koʻra, namuna (etalon) va ish Dinamometr lari boʻladi. Namuna Dinamometr lab. sharoitida mashina, mexanizm va materiallarga taʼsir etuvchi kuchlarni oʻlchashda qoʻllaniladi. Ish D. lari avtomobil, traktor, lokomobillarning tortish kuchlarini, q. x. mashinaqurollarining tortishga qarshiligini ulchashda ishlatiladi. Ish tarziga koʻra mexanik, gidravlik va elektr D. lar boʻladi. Gidravlik va elektr Dinamometrlar dinamograflarning kuch zvenosi sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda Dinamometr mushaklarning eng yuqori kuchini oʻlchashda ishlatiladi. Antropologiya, nevrapotologiya, ortopediya, harbiy tibbiyot, fiziologiya, sport tibbiyoti va h. k. da qoʻllaniladi.