DINGILJA

DINGILJA — Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl sh. dan 15 km shim.-sharqda joylashgan turar joy xarobasi (mil. av. 5—4-a. lar). Dingilja deb nomlanishi ilk oʻrta asr davriga mansub qalʼa nomidan olingan. Dingiljani S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya va etnografiya ekspeditsiyasi ochgan (1955). Turar joy qalin devor bilan oʻralgan birbiriga tutash mayda uylar, hovli va xoʻjalik binolaridan iborat, mayd. 2600 m2. Bu yerda bir uruqqa mansub patriarxal oilalar istiqomat qilgan. 17 uy-joy va xoʻjalik binolari hamda bir necha ustaxona ochib tekshirilgan. Uylar toʻgʻri burchakli qilib qurilgan. Binokorlik sanʼatidagi xu-susiyatlar hoz. Xorazm xalq meʼmorligi uslublariga yaqin. Ustaxonalardan yoʻnuvchi oʻtkir tosh qurollar, qimmatbaho ziynat buyumlarini pardozlaydigan asboblar, ishlov berilmagan feruza, sadaf va billur, marjon (feruza va billurdan)lar xamda boshqa ashyolar topilgan. Dingiljada temir oʻroq va yorgʻuchoq mavjudligi aholining dehqonchilik b-n keng shugʻullanganligini koʻrsatadi. Qazilmalar orasida jezdan yasalgan yey oʻqining uchlari va sopol idishlar (katta xumlar, lentasimon naqshli xumchalar, qizil rangli kosalar, silindr shaklidagi qadahlar, oyoqchali guldonlar) koʻp uchraydi. Dingilja yodgorliklari usha joyda yashagan qabilalar hayotida yuz bergan ijtimoiy oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi va qad. Xorazm madani-yatini oʻrganish uchun muhim manba hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: DINGILJA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
XALQ IJODI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты