DINGO

DINGO (Canis dingo) — itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi qayvon. Avstraliyada tarqalgan. Boʻyi va tuzilishi nemis ovcharkasiga oʻxshaydi. Tanasining uz. 90—100 sm. Juni oqsariq, kulrang-qoramtir. Oʻrmon, togʻlardagi butazorlar va dashtlarda tuda boʻlib yashaydi. Tungi hayvon. Tinch okean o. laridan keltirilib, keyinchalik yevvoyilashib ketgan itning kenja turi boʻlishi mumkin degan taxminlar mavjud. Baʼzi kemiruvchilar va koʻrshapalaklarni hisobga olmaganda D. Avstraliyadagi yuksak sut emizuvchilarning yagona vakilidir. Turli yovvoyi va uy hayvonlari bilan oziklanib, chorvachilikka katta zarar yetkazadi.



OKEAN
YER
TINCH OKEAN
TINCH OKEAN
SUT EMIZUVCHILAR


Добавить комментарий