DINIY EKSTREMIZM

DINIY EKSTREMIZM — baʼzi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstremizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hoz. zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va «johiliya» asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun «asos» boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat «haqiqiy» musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo bulajak «islomiy tartib»ni urnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular fakat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining «nozik» tomoni uning «din»ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida «shahid» yoki «kamikadze» boʻlishga tayyor turadilar. «Musulmonbirodarlar» harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906— 65) hoz. zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning «nazariya»siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas, va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.

Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, «yahvechilar», «pyatidesyatniklar», «tashabbuskor baptistlar» umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar.

Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi «ultra» protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi «musulmon-birodarlar», Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (q. Vahhobiylik) va b. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.

Diniy ekstremizm muayyan koʻrinishda Oʻzbekistonda ham paydo boʻldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 i. dek. da Namangan sh. da bir necha qotilliklar yuz berdi. Oʻtish davriga xos iktisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga taʼsirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch b-n Fargʻona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini oʻzlashtirishga harakat qildilar. 1999-y. 16 fev. da Toshkent sh. da yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini koʻrsatdi. Diniy ekstremizmning Oʻzbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yoʻqqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, «soxta» va «haqiqiy» dindorlik belgilari boʻyicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni koʻzlaydilar. Ular oʻz maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. Oʻzbekistonni Gʻarbga «islomlashtirilgan», Sharqqa esa, aksincha, «dinsiz», «daxriy» shaklda koʻrsatib, respublikaning xalqaro obroʻsiga putur yetkazish niyatida boʻldilar. Ular umuman islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar oʻrtasida yalpi qaramaqarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar.

2000-y. ning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afgʻonistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: «Bugun dinimizni asrash kerak, moʻmin-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, oʻzini «chin musulmon» deb daʼvo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda «jihod» deb ogʻiz koʻpirtirib, din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan asrash kerak», — degan edi. Faqat 2001-y. 11 sent. kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda kurashga bel bogʻladi.

Ad.: Karimov I. A., Oʻzbekisto XXI asr boʻsagʻsida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997.

Ahadjon Hasanov.


Lotin alifbosida maqola: DINIY EKSTREMIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
TOSHKENT
YER
JADIDCHILIK
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты