DINSUN

DINSUN — Shim. Xitoyning Shanʼsi viloyatiga qarashli qishlogʻi (Fenxe daryosi yoqasida) yaqinidan topilgan quyi paleolit davri qarorgohi. 1953-y. da ochilgan. Dinsundan qazilma odamning 3 ta tishi (1 ta ustki va 2 ta pastki) va 2 mingga yaqin tosh qurol topilgan. Tosh qurollar orasida qirgʻich, nukleuslar, uch burchakli yoʻgʻon ponalar, yupqa pichoq, yumaloq tosh bolgʻalar koʻp uchraydi. Dinsun odami sinantrop bilan hoz. odamlar oʻrtasidagi taraqqiyot bosqichida turgan.


Lotin alifbosida maqola: DINSUN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
PALEOLIT


Добавить комментарий