DIOGEN SINOPLIK

DIOGEN SINOPLIK (Diogenes Sinopeus) (mil. av. taxm. 404—323, Korinf) — yunon faylasufi. Kiniklar maktabining yirik vakili. Antisfen shogirdi. Sivilizatsiyani, xususan davlatni inkor etgan, jamiyatni, insoniyatni ibtidoiy holatiga qaytishga daʼvat qilgan. Oʻzini dunyo fuqarosi («kosmopolit») deb atagan, odamlarning tabaqaga boʻlinishini tanqid qilgan. Turmushda har qanday ortiqchaliklarni rad etib, faqat zaruriy ehtiyojlarni qondirish bilangina cheklanishni oʻz burchi deb bilgan; u xotinlar va bolalar umumiy boʻlishini talab qilgan va biron axloq ustun boʻlib turishini tan olmagan. Diogen Sinoplik kinik sharm-hayosizlik va beboshlik timsoliga aylandi. Diogen Sinoplik toʻgʻrisida turli-tuman latifalar bor. Rivoyatlarga koʻra, u bochka ichida yashagan.


Lotin alifbosida maqola: DIOGEN SINOPLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
TOSHKENT
XITOY
IBTIDOIY JAMIYAT
ELLINIZM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты