DIOKLETIAN

DIOKLETIAN (Diocletianus) (243 — 313/316) — qad. Rim imperatori (284 — 305). Imperiyadagi ahvolni yaxshilashga olib kelgan bir qancha islohotlarni oʻtkazgan (oʻziga uchta taxtdosh tayinlagan, imperiyani 4 ta qismga, bu qismlarni esa 12 diotsezlarga taqsim etgan; armiyani kuchaytirib, uning sonini 450 ming askarga yetkazgan; soliklarni tartibga solgan va b.). Dominat (cheklanmagan monarxiya) tuzumining oʻrnatilishi Diokletian nomi b-n bogʻliq. 303—304-y. larda xristianlarni quvgʻin qilgan. Bu voqea keyinchalik xristian va islom dini muqaddas kitoblarida aks etgan (mas, Qurʼoni karimdagi «Kahf» surasi). Diokletian nomi Sharq xalqlari orasida Daqyonus shaklida ham mashhur.


Lotin alifbosida maqola: DIOKLETIAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты