DIOPSID

DIOPSID (di… va yun. opsis — koʻrinish) — jins hosil qiluvchi mineral. Monoklin piroksenlar guruhining silikata. Monoklin singoniyali. Kimyoviy formulasi CaMg[Si2O6]. Och yashil, kulrang, shishadek yaltiroq. Qattiqligi 5,5—6,0. Zichligi 3,3—3,4 g/sm3. Odatda notoʻgʻri shaklli kristallar holida piroksenit, peridotit, gabbro, diabaz, diorit, siyenit, kontakt skarnlarida va b. otqindi va metamorfik jinslarda uchraydi. Oʻzbekistonning deyarli hamma toglaridagi intruziv jinslarda bor. Avstriya, Italiya (Alp togʻlari), Shvetsiya (Nordmark), AQSH (Konnektikut shtati), RF (Slyudyanka)da maʼlum.


Lotin alifbosida maqola: DIOPSID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
AVSTRIYA
PIROKSENLAR
MINERAL
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты