DIOPTRIYA

DIOPTRIYA (yun. dioptra — ichitashini koʻrish) — linzalar yoki sferik koʻzgular optik kuchining birliklar tizimiga kirmaydigan birligi; qisqacha D b-n belgilanadi. D da ifodalangan optik kuch m larda ifodalangan bosh fokus masofasining teskari qiymatiga teng. 1 D. bosh fokus masofasi 1 m boʻlgan linza yoki sferik koʻzguning optik kuchiga teng. Nurni yigʻuvchi linzalar musbat (+), sochuvchi linzalar manfiy (—) D. li boʻladi. Koʻzoynaklarning optik kuchi ham D bilan oʻlchanadi. Yaqindan koʻruvchilar uchun D (—) manfiy, uzokdan koʻruvchilar uchun D (+) musbat koʻzoynaklar tavsiya etiladi. Bunda koʻzoynak linzalarining nur sindirishini anikdab beradigan asbob — dioptrimetrsan foydalaniladi. Dioptrimetr yordamida linzalarning tuzilishi, asosiy astigmatik meridianlari, optik markazi aniqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DIOPTRIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KOʻZGU
KOʻZOYNAK
LINZA
LAZER
DIOPTRIMETR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты