DIOSKURIADA

DIOSKURIADA, Dioskuriya — Qora dengiz qirgʻogʻidagi (hoz. Suxumi sh. oʻrnida) antik shahar. Miletlik yunonlar tomonidan mil. av. 6-a. da qurilgan. Dioskuriada Kavkaz kabilalari bilan tuz, qoramol, mum, bugʻdoy, qullar bilan yirik savdo aloqalari olib borgan. Savdo markazi boʻlgan. Mil. 1-a. ning boshlarida Rimga tobe boʻlib, unda Rim garnizoni oʻrnashgan; shahar Sebasto-polis deb atalgan. Mil. 2—3-a. larda taraqqiy etgan, 4-a. dan tanazzulga yuz tuta boshlagan. 6-a. gacha qalʼa. D. joylashgan yerning choʻkishi natijasida Dioskuriada xarobalari Suxumi buxtasining tubida qolgan.


Lotin alifbosida maqola: DIOSKURIADA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
Lady Gaga - Poker Face
ROSSIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты