DIPLOID

DIPLOID (diploos — ikkilangan va eidos — koʻrinish) — ikkita gomologik xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar. «Diploid» termini 1905-y. da nemis botanigi E. Strasburger tomonidan taklif etilgan. Diploid ikkita gaploid gametalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar va yuksak oʻsimliklarda Diploid hayotiy siklning asosiy fazasi (diplofaza, sporofit) hisoblansa, baʼzi bir hujayralilarda faqat zigota diploid boʻladi. Diploidlik evolyutsion jarayonda gaploid organizmlar asosida paydo boʻlgan va gaploidlarga nisbatan bir qator ustunlikka ega boʻlganligi tufayli saqlanib qolganligi taxmin qilinadi. Diploidda va retsessiv mutatsiyalar geterozigota holatida namoyon boʻla olmaganligi sababli populyatsiyalarda yashirin holatda sakdanib qoladi. Shu tufayli genotipik oʻzgaruvchanlik toʻplanib boradi.


Lotin alifbosida maqola: DIPLOID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻZGARUVCHANLIK
BIOLOGIYA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
NASL ALMASHINISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты