DIPLOMATIK VAKILLIK

DIPLOMATIK VAKILLIK — davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni boshqaradigan elchixona yoki missiya. Elchi boshqaradigan Diplomatik vakillik — elchixona, vakil yoki doimiy ishlar vakili boshqaradigan Diplomatik vakillik — missiya deb ataladi. Diplomatik vakillik 16—18-a. larda Yevropada vujudga kelgan. Diplomatik vakillik elchi ayirboshlagan davlatda oʻz davlati nomidan muzokaralar olib boradi, vakillik joylashgan davlatning hayoti toʻgʻrisida bundagi vakolatxona (elchixona, missiya)lar haqidagi qonun yoʻl qoʻygan doirada maʼlumotlar toʻplaydi, har ikkala davlat oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-texnikaviy aloqalarning rivojlanishiga yordamlashadi, oʻz davlati hamda fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini qoʻriqlaydi. Diplomatik vakillik faoliyatiga raqbarlik qiladigan elchi diplomatik imtiyoz va immunitetga ega. Diplomatik vakillikning huquqiy mavqei Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi 1961-y. gi Vena konvensiyasi, ikki tomonlama bi-timlar, shuningdek, Diplomatik vakillik joylashgan davlat ichki qonunlari bilan belgilanadi. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi (jumladan, kuzatuvchilar missiyasidagi) vakilliklar ham Diplomatik vakillikning bir turi boʻlib, uning huquqiy mavqei Davlatlarning universal tusdagi xalqaro tashkilotlar b-n munosabatlari boʻyicha vakilligi toʻgʻrisidagi 1975-y. gi Vena konvensiyasida belgilab berilgan.


Lotin alifbosida maqola: DIPLOMATIK VAKILLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA
DAVLAT
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты