DIPLOMATIK YOZISHMA

DIPLOMATIK YOZISHMA — turli rasmiy xat-xabarlar va diplomatik tusdagi hujjatlar majmui. Davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yuritish vositasi, davlat tashqi siyosiy va diplomatik faoliyatining asosiy shakllaridan biri. Davlatlar oʻrtasida yozishma tarzidagi muomala davlat, hukumat boshligʻi, tashqi ishlar idorasi, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalari yoki ularning boshliklari, diplomatik vakillar va ayrim diplomatlar nomidan yoʻlga qoʻyib turiladi. Maktublar, telegrammalar, xatlar, nota orqali yozishmalar, shuningdek, deklaratsiya, bayonot, chaqiriq, axborot agentlarining xabarlari Diplomatik yozishma turlari hisoblanadi. Diplomatik yozishmada xalqaro hayot va tashqi siyosat, davlatlararo ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama munosabat masalalari yoritiladi. Mazkur hujjatlarni tayyorlash davlat va unga tegishli muassasalar diplomatik faoliyatining muqim sohasi sanaladi.


Lotin alifbosida maqola: DIPLOMATIK YOZISHMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YAPONIYA
ROSSIYA
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты