DIPLOMATIK POCHTA

DIPLOMATIK POCHTA — davlat (odatda, tashqi ishlar mahkamasi timsolida) bilan uning chet eldagi diplomatik, konsullik va b. vakilliklari, shuningdek, vakilliklar oʻrtasidagi aloqaning eng muhim va keng tarqalgan vositalaridan biri. Maxsus tartib boʻyicha yoʻlga qoʻyiladigan Diplomatik pochta orqali xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan rasmiy xat-xabarlar, hujjatlar va buyumlar tegishli manzillarga diplomatik kuryer tomonidan yetkazib beriladi. Bu narsalar paket, chamadon va kop (valiz)larga joylanadi: vakolatli organ tomonidan soʻrgʻichlanib, muhrlanadi va kuryer varaqasi tegishli shaklda toʻldiriladi. Diplomatik pochtada va kuryer varaqasida xat-hujjat hamda yuklar olib borilayotgan manzil, «Expedition of Tiselle» deb yozilgan belgi, albatta, boʻlishi kerak. Har bir kop Diplomatik pochtada alohida oʻrin egallab, ham maxsus vakolatlangan shaxslar kuzatuvida, ham kuzatuvchisiz oddiy aloqa kanallari orqali yetkazilishi mumkin. Diplomatik pochta daxlsiz boʻlib, uni ochish, yoʻlda ushlash mumkin emas, unga boj ham olinmaydi. Diplomatik pochtaga oid eng muhim qoidalar Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi 1961-y. gi Vena konvensiyasida belgilab berilgan.


Lotin alifbosida maqola: DIPLOMATIK POCHTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
YER
POCHTA ALOQASI


Комментарии 1

Mahammadali
Menga chet eldan diplomatik kuryer orqali biror narsa kelsa qayerdan qanday olishim kelganini qanday bilishim mumkin
31 октября 2022 15:53

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты