DIPLOMATIYA

DIPLOMATIYA (frans. — davlatlarning tashqi siyosa,t sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. «Diplomatiya» termini yunon tilidagi «ikki bukilgan qogʻoz» soʻzidan olingan. Qadimda Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorligʻi yoki hujjat sifatida takdim etilgan. Bu termin hozirgi maʼnoda Gʻarbiy Yevropada 18-a. oxirida rasm boʻlgan. Diplomatiya davlat tashqi siyosatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, ana shu siyosatning maqsad va vazifalari Diplomatiya shakli va uslublarini belgilab beradi. Diplomatik faoliyatning asosiy shakllari: diplomatik kongresslar, konferensiyalar yoki kengashlar; nota, memorandum, bayonot va h. k. shakllardagi diplomatik yozishma; xalqaro shartnomalarni tayyorlash va imzolash; davlatning elchixonalar va missiyalar orqali amalga oshiradigan chet eldagi vakilligi; xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish; tashqi siyosiy masalalar boʻyicha hukumat nuqtayi nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning masʼul xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan, diplomatik vakillarga oʻzlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi.

Diplomatiyaning shakllanishi davlatnksh yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor shaxslari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbek davlatchiligi tarixida chet ellar bilan muntazam aloqalar yoʻlga qoʻyilganligi yaxshi maʼlum. Amir Temur davlati Fransiya, Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya bilan elchilar orqali aloqalarni yoʻlga qoʻygan.

Oʻzbekiston mustaqil davlat boʻlgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huqukli subyektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi (2002-y. yanv.) . BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va b. obroʻli xalqaro tashkilotlar va kengashlarga aʼzo boʻldi. Uning tashki siyosati, diplomatik faoliyati OʻzR Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxleizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan boshqa qoida va meʼyorlariga asoslanadi. Teng huquklilik, oʻzaro manfaatdorlik va oʻzaro hurmat Oʻzbekiston D. sining asosiy tamoyillaridir. OʻzR jahonda yangicha iqtisodiy tartib oʻrnatish, butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni taʼ-minlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan birga faol harakat qilmoqda, bu yoʻlda barcha diplomatik kanallarni ishga solmoqda. Oʻzbekistonda Diplomatiya kadrlari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya un-tida tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DIPLOMATIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
HINDISTON
YUNONISTON
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты