DIRAK

DIRAK (Dirac) Pol Adriyen Moris (1902.8.8, Bristol — 1984) — ingliz nazariyotchi fizigi, kvant mexanika asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1930-y. dan). Bristol (1921) va Kembrij (1926) un-tlarini tamomlagan. Kvant elektrodinamika va gravita-siyaning kvant nazariyasiga asos solgan. Ilmiy ishlari kvant mexanika va kvant elektrodinamikaga, maydon va elementar zarralar nazariyasiga, gravitatsiya nazariyasiga doyr. Kvant statistika (Fermi—Dirak statistikasi)ni ishlab chiqqan; ikkilamchi kvantlash usulini taklif qilib, kvant nazariyasi prinsiplarini birinchi boʻlib elektromagnit maydon uchun tatbiq etgan (1927), kvant maydonning birinchi modelini topgan; elektronning kvant mexanika nazariyasini nisbiylik nazariyasip moslab ishlab chiqqan (1928), bu nazariyaga asosan pozitron topilgan; tabiatda antimoddaning mavjudligi gipotezasini bayon qilgan (1933); 1962-y. da meon nazariyasini ishlab chiqqan (unda meon elektronning tebranish holati sifatida ifodalanadi). Nobel mukofoti laureati (1933, E. Shryodinger bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: DIRAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
MAYDON KVANT NAZARIYASI
ELEMENTAR ZARRALAR
ELEKTR
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий