DIRAK TENGLAMASI

DIRAK TENGLAMASI — x spinli zarralar (mas, elektronlar va pozitronlar, myuonlar) harakatining nisbiylik nazariyasi talablarini qanoatlantiradigan kvant tenglama. 1928-y. da P. Dirak aniklagan. Dirak tenglamasi erkin elektronlardan fotonlarning sochilishi (q. Kompton effektы) va elektron tormozlanganda elektron nurlanishi (q. Tormoz nurlanish) mohiyatini ochib bergan. Dirak tenglamasi bilan kvant oʻtishlar tufayli yangi zarralar paydo boʻlishi tushuntirildi. Bunday zarrani 1932-y. K. Anderson kashf qildi va pozitron deb atadi. Bu esa Dirak elektronlar nazariyasining tasdiklanishi edi. Elektronning bir energetik satxdan ikkinchisiga oʻtishi elektron-pozitron jufti yoki bu juft annigilyatsiyasi bilan roʻy beradi. Dirak tenglamasi – j (y birlikda) spinli boshqa zarralar: myuonlar, neytrinolar va h. k. uchun ham oʻrinlidir. U nuklonlar (neytron va proton)ga tatbiq qilinganda notoʻgʻri natijalarga olib keladi, chun-ki Dirak tenglamasini kuchli oʻzaro taʼsirga tatbiq qilish mumkin emas. Dirak tenglamasi kvant mexanikaning asosiy tenglamalaridan biri hisoblanadi.

Ad.: Dirak P. A. M., Prinsipы kvantovoy mexaniki, per. s angl., M., I960; Davыdov A. S, Kvantovaya mexanika, M., 1973; Bogolyubov N. N.,Shirkov Dirak Tenglamasi, Vvedeniye v teoriyu kvantovыx poley, M., 1977.


Lotin alifbosida maqola: DIRAK TENGLAMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
MAYDON KVANT NAZARIYASI
YER
ELEMENTAR ZARRALAR
TORMOZ NURLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты