DIREKTORLAR KENGASHI

DIREKTORLAR KENGASHI, aksiyadorlik jamiyati direktorlar kengashi — aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar umumiy yigʻilishida saylanadigan rahbar ijroiya organi; aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari oraligʻida jamiyatni boshqarish, muhim muammolarni yechish bilan shugʻullanadi. Direktorlar kengashi jamiyatning operativ boshqaruv ishlarini bajaradigan jamiyat boshqaruvini, ijrochi direktorii tayinlaydi. Direktorlar kengashiga korxona rahbari, rahbar oʻrinbosarlari, yirik mutaxassislar, korxona tarkibiga kiruvchi kichik korxona rahbarlari va b. saylanadi. Yirik korxona (uyushma, korporatsiya)ning rahbari Direktorlar kengashining raisi etib saylanadi. Direktorlar kengashining yigʻilishi vaziyatga koʻra har chorakda bir marta oʻtkaziladi. Yigʻilish kun tartibi bir oy oldin kengash aʼzolariga eʼlon qilinadi. Direktorlar kengashi qarorlarini aksiyadorlik jamiyatining barcha aʼzolari bajarishi shart.


Lotin alifbosida maqola: DIREKTORLAR KENGASHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AKSIYADORLAR JAMIYATI
TOSHKENT
MAHALLA
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты