DIRIJYORLIK

DIRIJYORLIK (frans. diriger – yoʻnaltirish, boshqarish, rahbarlik qilish) — musiqa ijrochiligi sanʼatining murakkab turi; musiqa asarini ijroga tayyorlash jarayonida qamda bevosita tinglovchi — tomoshabinlar oldida ijrochilar (orkestr, xor, ansambl, opera, balet jamoalari va b.) ga raqbarlik qilish. Odatda bir (baʼzan, ikki) dirijyor tomonidan amalga oshiriladi. Dirijyorlik jamoaviy musiqa ijrosining uygʻunligi, badiiy va texnik mu-kammalligini taʼminlaydi. Koʻp ovozli musiqa murakkablashuvi va orkestr ijrochiligining rivoji natijasida 15-a. 1-yarmida yuzaga kelib, uni amaliyotga I. Mozel (Avstriya), K. M. Veber va L. Shpor (Germaniya)lar kiritgan. L. Betxoven, G. Berlioz, R. Vagnerlar Dirijyorlik sanʼati asoschilaridan. Xalqaro eʼtibor qozongan birinchi dirijyor X. fon Byulov (Germaniya) boʻlgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida chet el Dirijyorlik sanʼati ustalari sifatida X. Rixter, A. Nikish (Vengriya), F. Veyngartner va R. Shtraus (Germaniya), G. Maler (Avstriya), M. Balakirev, A. va N. Rubinshteynlar, S. Raxmaninov, S. Kusevis-kiy (Rossiya) va b. tanilgan. Keyingi davrda G. fon Karayan (Avstriya), L. Stokovskiy, Yu. Ormandi, L. Bernstayn (AQSH), B. Valter, V. Furtvengler, O. Klemperer (Germaniya), A. Toskanini (Italiya), Ye. Mravinskiy, A. Melik-Pashayev, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy (Rossiya), Sh. Myunsh (Fransiya), K. Ancherl (Chexiya) va b. D. sohasida katta ijodiy yutuklarga erishgan.

Oʻzbekistonda ilk dirijyorlar orasida F. V. Leysek, N. Mironov, V. Uspenskiy va b. boʻlgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlar tashkil etilgach, N. Olimov, A. Kozlovskiy, M. Ashrafiy, B. Inoyatov, M. Nasimov, T. Sodiqov, F. Shamsutdinov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova, 3. Haqnazarov, Gʻ. Toʻlaganov, N. Xalilov, H. Shamsutdinov, B. Rasulov va b. dirijyorlar yetishib chikdi. Respublikamizda xor (S. Valenkov, A. Sultonov, B. Umidjonov, A. Hamidov va b.), oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (T. Jalilov, A. Petrosyans, S. Aliyev, D. Zokirov, M. Bafoyev), 1970-y. lardan kamer orkestr (E. Azimov va b.) dirijyorligi ham rivoj topdi. Oʻzbekistan milliy konservatoriyasida operasimfonik va oʻzbek xalq cholgʻu orkestri dirijyorligi sinflari mavjud.

Ad.: Azimov K., Oʻzbekistan dirijyorlari, T., 2001.

Toʻxtasin Gʻofurbekov.


Lotin alifbosida maqola: DIRIJYORLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VENGRIYA
GERMANIYA
AVSTRIYA
MUSIQA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты