DIRIXLE

DIRIXLE (Dirichlet), Peter Gustav Lejyon (1805.13.8, Dyuren — 1859.5.5, Gyottingen) — nemis matematigi. Berlin un-ti (1831—55), Gyottingen un-ti (1855-y. dan) prof. Asosiy ilmiy ishlari sonlar nazariyasi va matematik analizga doyr. Birinchi hadi va ayir-masi oʻzaro tub sonlardan iborat butun sonlar arifmetik progressiyasida tub sonlar cheksiz koʻp ekanligi haqidagi teoremani isbotlagan. Matematik analiz sohasida birinchi boʻlib qatorning shartli yaqinlashishi tushunchasini taʼriflagan va tekshirgan. Uzilish nuqtalari chekli sonda boʻlgan boʻlakli monoton funksiyalarni Furye qatorigya yoyish mumkinligini isbotlagan. Mexanik va matematik fizikaga bagʻishlagan asarlar muallifi.


Lotin alifbosida maqola: DIRIXLE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
GERMANIYA
FIZIKA
XITOY
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты