DIRIXLE PRINSIPI

DIRIXLE PRINSIPI, «yashiklar prinsipi» — (ya+1) elementdan iborat boʻlgan toʻplam p ta sinfga ajratilganda sinflarning kamida bittasida elementlar soni 2 tadan kam boʻlmaydi, degan tasdiq. P. Dirixle nomi bilan ataladi. Dirixle prinsipi, odatda, oʻnta yashikka oʻn bitta quyonni bittadan joylab boʻlmaydi, degan sodda misol bilan tushuntiriladi. Shuning uchun u «yashiklar prinsipi» deb ham ataladi. Dirixle prinsipi sodda ifodalansa ham, sonlar nazariyasi, kombinatorika va mat. ning boshqa boʻlimlarida muhim teoremalarni isbotlashga asos boʻladi. Garmonik funksiyalar nazariyasida ham Dirixle prinsipi deb ataluvchi teorema bor.


Lotin alifbosida maqola: DIRIXLE PRINSIPI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
KOMBINATORIKA
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
SONLAR NAZARIYASI
GARMONIK FUNKSIYALAR


Добавить комментарий