DIRXAM

DIRXAM (yun. drochme) — 1) 7-a. oxiri (695-y.)dan 14-a. gacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida, Shim. Afrika va Ispaniyada muomalada boʻlgan pul birligi — kumush tanga. 14-a. oxiridan boshlab kumush pul «tanga» nomi bilan atala boshladi. D. Hindistonda boburiylar davrida 16-a. da ham zarb qilingan;

2) Birlashgan Arab amirliklari pul birligi. 1 D. = 100 file. Xalqaro ifodasi AED. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari=3,67 Dirxam ;

3) Marokko milliy pul birligi. 1959-y. okt. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 sentim. Xalqaro ifodasi MAD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari=9,6 D. (2001, avg.);

4) Misr va Sudanda qimmatbaho metallar oʻlchov birligi (vazni 3,12 g).



HINDISTON
DINOR
FRANSIYA
TOSHKENT
ISPANIYA


Добавить комментарий