DISAXARIDLAR

DISAXARIDLAR, biozalar, S|2N22OP — molekulalari ikki monosaxarid qoldigʻidan tuzilgan uglevodlar, hammasi glikozidlar tipida tuzilgan. Qaytarish xossasiga ega boʻlmagan Disaxaridlarga 2 glyukoza qoldigʻidan tuzilgan tregaloza (mikoza), glyukoza va fruktoza krldiklaridan tuzilgan saxaroza va b., qaytaruvchi xossali Disaxaridlarga maltoza, sellobioza, laktoza va b. kiradi. Disaxaridlar kristallanadi, suvda, 45—48°li spirtda eriydi; chuchmal. Kislotalar taʼsirida gidrolizlanganda monosaxaridlar hosil boʻladi. Disaxaridlar oʻsimlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan. Odatda, tabiiy manbalardan (mas, saxaroza — qand lavlagi yoki shakarqamishdan, laktoza — hayvonlar sutidan) olinadi. Aksarisi kimyoviy va biokimyoviy usullar bilan sintezlanadi. Saxaroza, laktoza va maltoza — qimmatli oziq-ovqat va taʼm beruvchi moddalar.


Lotin alifbosida maqola: DISAXARIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UGLEVODLAR
YER
OVQATLANISH
MONOSAXARIDLAR
YOGʻ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты