DISKETA — egiluvchan magnit diskli kasseta; kompyuterning maʼlumotlar saqlanadigan qurilmasi. Hajmiga koʻra 3,5 va 5,25 dyuymli xillari bor, shunga koʻra 3 va 5 dyuymli Disketa deyiladi. Disketadan maʼlumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga oʻtkazish uchun foydalaniladi.