DISKO

DISKO — 1) 1970-y. lar oʻrtasida AQSH va bir qancha Yevropa mamlakatlarida qaror topgan ommabop musiqa uslubi. Diskoga raqsbop, surʼati oʻrtacha tez, ohanglari kuychan, shaklan sodda namunalar xosdir. Diskoning taniqli ijrochilari: «Boney M», «Silver Conventions» (Germaniya), Geynor, Dayana Ross, Dana Sammer (AQSH) va b. 1970-y. lar oxiridan Disko uslubi Sharqda, jumladan Oʻzbekistonda diskotekalarda, keyinchalik estrada va telekinomusiqasida odat tusini olmoqda;

2) zamonaviy ommabop musiqaning asosiy usullaridan biri boʻlib, barcha elektron musiqa cholgʻulari (ritm-boks, orkestrator va b.) ning kompyuter dasturlariga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: DISKO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Oybek Ochilov - Dona-dona
MUSIQA
GERMANIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты