DISLOKATSIYALAR

DISLOKATSIYALAR (lot. dislocatio siljish) — 1) kristallarda — kristall panjara nuqsonlari; bunda chiziqlar boʻylab yoki ularga yaqin joylarda atom qatlamlarining toʻgʻri joylashishi buzilgan boʻladi. Tugallan-magan va burama Dislokatsiyalar eng oddiy D. Kristall ichidagi bir qatlam tugallanmagan (a rasm) yoki kristall tekisligi burama chiziqdan iborat boʻlganda (b rasm) kuzatiladigan dislokatsiya (siljish) hisoblanadi. Baʼzan ikkala Dislokatsiyalar ham bir paytning oʻzida sodir boʻlishi mumkin. Kristallar ichida atom qatlamlaridan biri uzilgan boʻlsa, tugallanmagan Dislokatsiyalar vujudga keladi. Burama Dislokatsiyalarda kristall ichida bironta atom qatlamlari uzilmaydi, lekin bir-biri b-n shunday jipslashib ketadiki, kristall burama chiziq boʻylab bukilgan bitta qatlamdan iboratday boʻlib qoladi. Dislokatsiyalar kristallning mustahkamligiga, elektr oʻtkazuvchanligiga, optik, magnit va b. xossalariga kuchli taʼsir qiladi. Nuqsonlar kristallar xossalarining oʻzgarishiga sabab boʻladi;

2) geologiyada — Yer poʻstidagi endogen (tektonik harakatlar, magmatik, metamorfik jarayonlar) va ekzogen (muzliklar harakati, koʻchki, karst, daryo eroziyasi va b.) jarayonlar natijasida togʻ jinslari dastlabki yotish holatining oʻzgarishi. Dislokatsiyalar burma hosil qiluvchi (plikativ) va uzilish (dizyunktiv)ga boʻli-nadi, goho yana inyektiv Dislokatsiyalar ajratiladi (yana q. Tektonik deformatsiya).


Lotin alifbosida maqola: DISLOKATSIYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KRISTALLOOPTIKA
KRISTALLAR
OKEAN
MAGNIT MAYDON


Добавить комментарий