DISMENOREYa

DISMENOREYa (due… va yun. men — hayz, rhoira — kechish) , algomeno-r ye ya — hayzning ogʻriqli kechishi. Dismenoreyada, odatda, qorin pasti, bel va dumgʻaza sohasi ogʻriydi. Ogʻriq hayzdan oldin yoki uning dastlabki kunlari paydo boʻlib, butun hayz kunlari davomida kuzatiladi. Baʼzan koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrigʻi, umumiy ahvolning oʻzgarishi hollari kuzatiladi. Dismenoreya birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi Dismenoreya jinsiy aʼzolarning kasalliklari bilan bogʻliq boʻlmaydi, koʻpincha tugʻmagan ayollarda uchraydi. Ikkilamchi Dismenoreya turli ginekologik kasalliklar (oʻsma, endometrioz va b.)ning oqibatidir. Dismenoreya mustaqil kasallik boʻlmay, balki turli kasalliklar, rivojlanish anomaliyalari va b. ning belgisi sifatida namoyon boʻladi. Dismenoreyaning yuzaga kelishida ayniqsa, nerv sistemasining funksional xususiyatlari va oʻzgarishlari, shuningdek, boshdan kechirilgan kasalliklar (infeksiya, zoʻriqish, ogʻir ruhiy kechinmalar), infantilizm, endokrin buzilishlar muhim rol oʻynaydi. Dismenoreyani davolash uni yuzaga keltirgan omillarni bartaraf etishdan iborat. Birlamchi Dismenoreyada nerv sistemasi faoliyatini tartibga solish, normal hayot tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, ruhiyatga zararli taʼsirotlarni yoʻqotish, turli somatik kasalliklarni davolash lozim. Ikkilamchi Dismenoreyada yalligʻlanish kasalliklari, endometrioz va b. ni davolashga eʼtibor berish kerak.


Lotin alifbosida maqola: DISMENOREYa haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI
YER
JINSIY HAYOT
HAYZ
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты