DISNEY

DISNEY, Disni (Disney) Uolt (1901.5.12, Chikago – 1966.15.12, Berbank) — AQSH kinorejissyor-multiplikatori, rassom va prodyuser. 1919-y. dan kino sohasida ishlagan. Qisqa metrajli «Villi kemasi» (1928) ovozli multfilmi bilan AQSH kinemato-grafiyasida tovush va harakatni sinxronlashtirish usulini ishlab chiqqan. Disney birinchilardan boʻlib qaxramonlari (oʻrdak Donald Dak, sichqon Mikki Maus va b.) boʻlgan qisqametrajli filmlarni suratga oldi. 1933-y. da AQSHda birinchi boʻlib uch rangli film yaratdi. Uning yirik filmlari: «Oppoqoy va yetti mittivoy», «Bembi», «Uyqudagi goʻzal», «101 it» va b. D. folklor va etnografiyaga, hayvonlar va oʻsimliklar dunyosiga oid hujjatli filmlarning ham muallifi. Filmlari Oʻzbekistonda ham namoyish etilgan. Disneyning Anaxaym sh. (Kaliforniya)da ochgan «Disneylend» (1955) bolalar bogʻi juda mashhur. Undagi qator texnik attraksionlar Disney filmlaridagi obrazlarni aks ettiradi.


Lotin alifbosida maqola: DISNEY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
KINO SANʼATI
XITOY
TOSHKENT
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты