DISPANSER

DISPANSER (frans. dispensaire — taqsimlayman) — bemorlarning ayrim guruhlariga muntazam davolash-profilaktika yordami koʻrsatadigan maxsus tibbiy muassasa. Oʻz sohasiga oid bemorlar sonini aniqlash, ularni qisobga olish, davolash, ahvollarini kuzatib borish, ish va yashash joylarining sharoitini oʻrganish, bundan tashqari, kasalliklarga qarshi kurashish, oldini olish choralari bilan bogʻliq sanitariya-maorifi masalalarini ishlab chiqish, targʻib qilish Dispanserning muhim vazifasidir. Sil, teritanosil, onkologik, psixonevrologik, narkologik, kardiorevmatologik, shuningdek, buqoqqa qarshi, vrachlik fizkultura (sport bilan shugʻullanuvchilarni kuzatib turadigan) Dispanser lari boʻladi. Har qaysi soha Dispanserlari ishining oʻziga xos tomonlari bor. Mac, silga qarshi Dispanser aholini yalpi flyuorografik tekshiruvdan oʻtkazadi (q. Flyuorografiya), bemorlar bilan birga boʻlgan kishilarni hisobga oladi; psixonevrologik ekspertiza oʻtkazadi; vrachlik-fizkultura Dispanseri vrach nazoratini amalga oshiradi. Dispanser tar-kibida poliklinika, kasalxona, klinikdiagnostika va b. lab. lar, ixtisoslashgan davolash-profilaktika xonalari, ayrim hollarda kunduzgi va tungi sanatoriylar, mehnat bilan davolash ustaxonalari, parhez oshxona va h. k. boʻladi. Tuman D. lari oʻz hududidagi aholiga xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari, shahar va respublika D. lari ham boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: DISPANSER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
SIL DISPANSERI
SOGʻLIQNI SAQLASH
Tushda son | Тушда сон


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты