DISPERS SISTEMALAR

DISPERS SISTEMALAR — ikki yoki undan ortiq fazalarning tekis tarqalgan mayda zarralaridan tuzilgan geterogen sistemalar. Odatda, fazalardan biri uzluksiz dispersion muhit hosil qilib, boshqa fazalar (bir yoki bir nechta dispersion fazalar) esa shu muhitda mayda kristallar, qattiq amorf zarralar, tomchilar yoki pu-fakchalar shaklida bir tekis tarqaladi. Dispers sistemalar murakkab tuzilishga ega boʻli-shi ham mumkin, uzluksiz dispersion muhit hosil qila oladigan, bir-birining hajmiga singib ketgan ikki fazadan iborat sistema bunga misol boʻla oladi. Dispers sistemalar zarralarning katta-kichikligiga qarab ikki guruhga boʻlinadi:

1) dispers faza zarralari 1 mkm va undan katta boʻlgan dagʻal Dispers sistemalar (suspenziya, tutun, tuman, emulsiya va b,);

2) dispers faza zarralari 1 nm dan 1 mkm gacha boʻlgan kolloid sistemalar. Dispers faza zarralari 1 nm gacha (atomlar va kichik molekulalar oʻlcha-miga teng) boʻlgan zarralardan tuzilgan sistemalar chin eritmalarni tashkil etadi. Dispers sistemalarning fizik-kimyoviy xossalari dispers faza b-n dispersion muhit orasidagi molekulalararo bogʻlanishga hamda ular orasida hosil boʻladigan yuzaga bogʻliq. Dispers sistemalarning xossalari kolloid kimyova oʻrganiladi.


Lotin alifbosida maqola: DISPERS SISTEMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



EMULSIYA
YER
TOSHKENT
KOLLOID ERITMALAR
LIOFIL VA LIOFOB KOLLOIDLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты