DISPERSNOY ANALIZ

DISPERSNOY ANALIZ — matematik statistika usullaridan biri; bir necha omillarga bogʻliq tajribalar natijalarini tahlil qilishda, bu omillarning qaysi biri shu tajriba natijasiga qanday taʼsir qilishini aniklash. Bu usulni 1925-y. da ingliz statistik olimi R. Fisher agronomiyaga doyr tajribalar natijalarini urganish uchun taklif qilgan. Dispersnoy analizning asosiy masalalaridan biri — tajribada kuzatilgan natijalarning jami normal taqsimotga ega boʻlgan bir xil tasodifiy miqsor qiymatlari toʻplami yoki oʻrtacha qiymatlari turlicha boʻlgan normal taqsimlangan bir necha tasodifiy mikdorlar qiymatlari toʻplami ekanligini aniklashdan iborat. Dispersnoy analizning eng sodsa masalasi tajriba natijalariga koʻra bir xil dispersiyaga ega boʻlgan normal taqsimlangan tasodifiy mikdorlar guruhlarining oʻrta qiymatlari tengligi haqidagi statistik gipotezani tekshirish masalasidir. Dispersnoy analizda shunga oʻxshash masalalarni hal qilishning mikdoriy usullari ishlab chiqilgan. Mac, agar tajriba oʻtkazish mobaynidagi barcha oʻlchashlar natijasi teng chiksa va tasodifiy xatolar normal taqsimot qoidasiga boʻysunsa, u holda yakuniy natija maxsus (dispersion taqsimot) jadvallari yordamida aniqlanadi. Dispersnoy analiz ayniqsa q. x. sohasidagi turli xil ag-ronomik usullarni, yangi navlarni solishtirish b-n bogʻliq boʻlgan tajri-balarning natijalarini tadqiq qilishda, shuningdek, iqtisodiyot, texnika, biologiya va b. sohalarda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DISPERSNOY ANALIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



STATISTIKA
MATEMATIKA
YER
MATEMATIK STATISTIKA
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты