DISPERSION PRIZMALAR

DISPERSION PRIZMALAR — optik prizmalarning bir guruhi; nurlanishlarni toʻlqin uzunligiga qarab spektrlarga ajratishga xizmat qiladi. Asosan, spektral asboblarda ishlatiladi. Nurlanishlarning Dispersion prizmalarda ajralishi shu prizmadan oʻtayotgan nurlar ogʻish burchagi 8 ning turli uzunlik X dagi toʻlqinlarning sinish koʻrsatkichlari i ga bogʻliqligi natijasidir. Dispersion prizmalar kuzatilayotgan spektr sohasiga qarab turli xil materialdan: koʻrinuvchi sohalar shishadan; ultra-binafsha sohalar kristall kvars, flyuorit va b. moddalardan; infraqi-zil sohalar litiy, ftorit, osh tuzi va b. moddalardan yasaladi. Dispersion prizmalarning spektrga ajrata olishi prizma yasalgan moddaning solishtirma ogʻirligiga bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: DISPERSION PRIZMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LITIY
YER
OPTIK PRIZMA
KRISTALLOOPTIKA
Bojalar guruhi, Ilhom Farmonov - Binafsha


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты