DISPETCHERLIK ALOQASI

DISPETCHERLIK ALOQASI — xalq xoʻjaligi tarmoklarida i. ch. jarayonlarini bir markazdan boshqarish uchun qoʻllaniladigan simli yoki Simeiz (radio) aloqa. D. a. bir punkt bilan boshqa punktlar (mas, dispetcherlik punkti bilan ishchilar, turli sexlar yoki boʻlin-malar) orasida aloqa telefon, telegraf, televideniye, pochta uzeli, radiotelefon qurilmalari vositasida amalga oshiriladi. Eng keng tarqalgan Dispetcherlik aloqasi vositalari: dispetcherlik telefon aloqasi,qidiruv va chaqiruv xabarini yetkazish vositalari; i. ch. signalizatsiyasi. Dispetcherlik kommutatori bir vaktning oʻzida 20—60 va undan koʻp abonentlar b-n aloqa bogʻlab, ular bilan gaplashish imkoniyatiga ega. Ish joylari bilan tezkor boglanish uchun maxsus chaqiruv xabarini yetkazish moslamalari qoʻllaniladi. I. ch. jarayonlari toʻgʻrisida axborot beruvchi moslamalarning turi nihoyatda koʻp boʻlib, ular orqali kichik ishlardan tortib eng katta jarayonlargacha boʻlgan holatdan dispetcher xabardor boʻlib turadi.



POCHTA ALOQASI
ALOQA
TELEGRAF ALOQA
TELEVIDENIE
XALQ IJODI


Добавить комментарий