DISPLAZIYA

DISPLAZIYA (due… va yun. plasis — hosil boʻlish, oʻsish) — embriogenez va tugilgandan keyingi davrda aʼzo, toʻqima yoki tana qismlarining notoʻgʻri rivojlanishi. Hoz. vaktda Displaziya xavfli oʻsmalar rivojlanishidan oldin epiteliy hujayralarining tartibsiz oʻzgarishlarini, yaʼni hujayralar va umuman toʻqima kompleksining neoplastik (oʻsma toʻqimalari rivojlanishiga tomon yoʻnalgan oʻsish), normadan tashqari, oʻsma hosil boʻlishiga moyil oʻzgarishini anglatadi. Ilgari Displaziya faqat yassi epiteliy hujayralariga xos oʻzgarish deb hisoblanar edi, hozirga kelib bu jarayonni morfologik jihatdan chuqurroq oʻrganish u boshqa toʻqima hujayralari, mas, prizmatik, ichki sekret bezlari epiteliysi va h. k. ga ham taalluqli ekanligi maʼlum boʻldi. Hujayra va toʻqimalardagi oʻzgarishlarning ogʻirengilligiga koʻra, Displaziyaning 3—4 darajasi tafovut qilinadi. Uning eng ogʻir xili «malignizatsiya» — butun toʻqimani qoplab oladi, hatto oʻsmaning in-vaziyasi b-n tugashi ham mumkin. Displatik oʻzgarishlarning tobora kuchayib, rivojlanib borishi pirovardida oʻsma paydo boʻlishiga olib keladi.


Lotin alifbosida maqola: DISPLAZIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻSMALAR
YER
HUJAYRA
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий