DISPROPORSIYALAR

DISPROPORSIYALAR — iqtisodiyotga xos boʻlgan mutanosiblik (turli sohalar oʻrtasidagi nisbat)larning buzilishi, izdan chiqishi. Disproporsiyalar yuz berganda jami talab bilan taklif, i. ch. b-n isteʼmol, jamgʻarma bilan isteʼmol, sanoat bilan q. x., ishlab chiqarish bilan transport, eksport bilan import, pul massasi bilan tovarlar va xizmatlar massasi va b. oʻrtasidagi mutanosiblik buziladi. Jami talab va taklifning oʻzaro mos tushmasligi Disproporsiyalarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab hisoblanadi. Disproporsiyalar natijasida iqtisodiy tanglik va hatto boʻhronlar paydo boʻlishi mumkin. Disproporsiyalar kelib chiqish sababiga koʻra iqtisodiy Disproporsiyalar (iqtisodiy subyektlarning yakka va tarqoq boʻlishi, ular faoliyatining bozor orqali oʻzaro toʻla uygʻunlashmaganligi), tabiiy Disproporsiyalar (tabiiy sharoitning qulay kelmasligi, turli ofatlarning boʻlishi, kutilmaganda tabiiy resurslarning yetishmay qolishi), siyosiy Disproporsiyalar (siyosiy beqarorlik tufayli xoʻjalik aloqalarining vaqtincha uzilib qolishi, iqtisodiy talafot keltiruvchi urush harakatlarining yuzaga kelishi) mavjud. Disproporsiyalar oʻtkinchi xarakterga ega boʻlib, ular muayyan vaqtdagina yuzaga keladi va keyinchalik bartaraf etiladi. Disproporsiyalarning barta-raf etilishi bozor mexanizmi va davlat tomonidan iqtisodiyotning tartiblanishi orqali amalga oshiriladi.

Ahmadjon Oʻlmasov.


Lotin alifbosida maqola: DISPROPORSIYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BOZOR
ROSSIYA
YER
TALAB VA TAKLIF


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты