DISSIDENTLAR

DISSIDENTLAR (yun. dissidentes – qoʻshilishmaganlar, qarshilar) — 1) davlat dini katolitsizm yoki protestantizm boʻlgan davlatlarda hukmron dinga eʼtiqod qilmaydigan xristianlar. Kuchma maʼnoda — oʻzgacha fikr qiluvchilar. 2) 1950—80-y. larning oʻrtalarida koʻpchilik sotsialistik mamlakatlarda mustabid tuzumga qarshi harakat qatnashchilarining nomi. In-son va fuqaro huquq hamda erkinliklariga rioya qilinishi uchun, oʻzgacha fikrlovchilar taʼqib etilishiga qarshi turli shakllarda chiqishlar qilishdi, sovet qoʻshinlarining Chexoslovakiyaga (1968) va Afgʻonistonga (1979) kiritilishiga qarshi norozilik bildirishdi. Dissidentlar maʼmurlar tomonidan qatagʻonlarga duchor etildi, koʻplari josuslik, davlatga xiyonat qilish kabi soxta ayblar bilan ayblanib jazoga tortildi, majburlab ruhiy kasalliklar shifoxonalariga yotqizildi («jazolash psixiatriyasi»), mamlakatdan surgun qilindi yoki muhojir boʻlib ketishga majbur boʻldi (V. I. Bukovskiy, P. G. Grigorenko, A. D. Saxarov, A. I. Soljenitsin va b.).


Lotin alifbosida maqola: DISSIDENTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI
ROSSIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты