DISSIPATIV SISTEMALAR

DISSIPATIV SISTEMALAR (lot. dissipatus — tarqalib ketgan, sochilib ketgan) — harakat davomida toʻla mexanik energiyasi (kinetik va potensial energiyalar yigʻindisi) uzluksiz kamaya borib, boshqa energiya shakllariga, mas, issiklik, nurlanish va h. k. energiyaga aylana boradigan dinamik sistemalar. Dissipativ sistemalar yeda mexanik energiyaning kamaya borish surʼatini tavsiflovchi funksiya dissipativ funksiya deyiladi. Dissipativ sistemalar yeni konservativ va konservativ boʻlmagan (energiya oluvchi va beruvchi) sistemalardan farq qilish kerak, chunki Dissipativ sistemalar yeda tashkaridan energiya olin-maydi va tashkariga energiya berilmaydi. Suyuklik yoki gaz oqimida harakatlanadigan va shu oqim taʼsiriga uchraydigan jismlar; bir jiyemning boshqa jismda ishqalanib harakat qilishi; jiyemning qovushoq muhitdagi harakati va b. unga misol boʻlishi mumkin. Samolyotlar dinamikasida, ballistika va mexanikaning boshqa boʻlimlarida Dissipativ sistemalar alohida oʻrganiladi.


Lotin alifbosida maqola: DISSIPATIV SISTEMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
YER
ISSIQLIK HARAKATI
ENERGIYA
ATOM ENERGIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты