DISTILLANGAN SUV

DISTILLANGAN SUV — haydash (distillash) yoʻli bilan tarkibidagi erigan mineral tuzlar, organik moddalar va b. qoʻshimchalardan tozalangan suv. Tibbiyotda ishlatiladigan Distillangan suv yeda nitrat, nitrit va sulfat kislotalar, xlor, kalsiy ionlari, karbonat angidrid va b. qoʻshimchalar boʻlmasligi kerak, 10 ml shunday suv buglantirilganda qoldigʻi 0,5 mg dan oshmasligi lozim. Teri ostiga yuboriladigan erit-malar va koʻzga tomiziladigan dorilar tayyorlash uchun Distillangan suv kayta sterillanadi yoki qaynatib olinadi. Distillangan suv yeda organizm uchun zarur mikroelementlar boʻlmaganligi sababli ichishga yaramaydi, uzok, isteʼmol qilinganda meʼda toʻqimalaridagi tuzlarni yuvib ketadi, na-tijada epiteliy hujayralari boʻkib, nobud boʻladi. Distillangan suv kimyo va fizika lab. larida erituvchi sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: DISTILLANGAN SUV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
KALSIY
MINERAL OZIQLANISH
TUZLAR
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты