DISTILLASH

DISTILLASH (lot. disstillatio — tomchilab oqish) , distillanish, haydash — suyukliklarni buglatib, sof komponentlarga yoki har xil tarkibli fraksiyalarga ajratish, tozalash. Buning uchun komponentlarga ajratiladigan suyuklik qizdiriladi va undan ajralib chiqayotgan bugʻ kondensat lanadi. Tarkibi va qaynash t-ralari oʻzgarmasdan haydaladigan eritmalarni Distillash usuli (azeotrop distillanish) ham bor. Metallurgiyada rudalar yoki ularning konsentratlaridan rangli metallarni avval bugʻlantirib (yuqori t-rada qaytarib), keyin kondensatlab ajratib olish ham Distillash deyiladi. Distillash neftni fraksiyalarga ajratish, spirtni tozalash, yogʻni eritmadan ajratib olishda va b. sohalarda keng qoʻllaniladi.



NEFTNI QAYTA ISHLASH
YER HAYDASH
YER
AZEOTROP ARALASHMALAR
KIMYO


Добавить комментарий