DISTORSIYA

DISTORSIYA (lot. distorsio — qiyshayish) — optik sistemalarda hosil boʻladigan tasvir nuqsonlari; bunda obyekt bilan uning tasviri orasida geometrik oʻxshashlik buziladi. Distorsiya tasvirning har xil qismi turlicha chiziqli kattalashishi natijasida hosil boʻladi. Koʻpincha, tasvirning chiziqli kattalashishi har bir nuqtasida har xil boʻladi. Shuning uchun tasvir asliga oʻxshamay chiqadi. Mas, Distorsiya xossasiga ega boʻlgan optik sistemada kvadratning tasviri buzilib chiqishi mumkin. Distorsiya hodisasi kuzatish asboblari va optik sistemalarda tasvir sifatiga uncha za-rar keltirmasa ham aniq masalalarda hisobga olinadi. Eng yaxshi fotoappa-ratlar obyektivida Distorsiya 0,5% ga yaqin, aerosuratlar olish uchun ishlatiladigan obyektivlarda taxm. 0,01% boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: DISTORSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻXSHASHLIK NAZARIYASI
TOSHKENT
RANG-TASVIR
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты