DISTROFIYA

DISTROFIYA (dis… va yun. trophe — ovqat, oziklanish) — hujayra va toʻqimalarda moddalar almashinuvi buzili-shining patomorfologik va patofiziologik ifodasi; ilgari degeneratsiya — aynish deb atalgan. Distrofiya koʻpgina (ayniqsa yalligʻlanish bilan kechadigan) kasalliklarning rivojlanish negizi hisoblanadi. Infiltratsiya va shimilish (mas, nevrozda buyrak kanalchalari epiteliysiga oqsil shimilishi, aterosklerozda arteriyalarning ichki pardasiga lipoidlar shimilishi), oqsillar sintezining buzilishi, yoglar va uglevodlarning oqsillarga aylanishi yoki oqsillar va uglevodlarning yoglarga aylanishi (transformatsiya) D. ning rivojlanish mexanizmlaridir. Bu mexanizmlar xilma-xil: hujayraning autoregulyatsiyasi fermentativ jarayonlarning oʻzgarishi roʻy beradi; ovqatlanish tartibining izdan chiqishi gipoksiyaga olib keladi — bu koʻproq kuzatiladi; ovkatlanishning endokrin yoki nerv sistemasi tomonidan idora etilishining buzilishi — bu neyrogen va endokrin Distrofiyaga olib kelishi mumkin. Distrofiyaga asosan xoʻjayra hamda xoʻjayraaro trofikaning buzilishi, qon va limfa aylanishi yoki innervatsiyaning izdan chiqishi, gipoksiya, infeksiya, intoksikatsiya, gormonlar va fermentlar balansining oʻzgarishi hamda irsiy omillar sabab boʻladi. Distrofiyada moddalar almashinuvi oʻzgarib, aynigan, parchalanib ulgurmagan moddalar hujayralar va hujayralararo sath hamda toʻqimalarda toʻplanib qoladi. Moddalar almashinuvining qaysi turi koʻproq buzilganiga qarab oqsil, yogʻ, uglevod va mineral D. si farq qilinadi.

Oqsil Distrofiyasi (disproteionoz)da hujayralar yoki hujayralararo satxlarga notoʻgʻri sintezlangan oqsillarning patologik shakllari, toʻqimaning tuzilishiga kiradigan oqsilning parchalanishi, baʼzan oqsil fizik-kimyoviy xususiyatlarining oʻzgarishi (giaminoz, amiloidoz va b.) natijasida organizmda oqsil toʻplanadi.

Yogʻ D. si (lipidoz)dayogʻ depolaridagi yogʻ kamayadi yoki koʻpayadi, odatda, aslida lipidlar boʻlmaydigan joylarda ham ular paydo boʻladi, hujayra va toʻqimalardagi lipidlar miqsori nihoyatda kamayishi ozgʻinlik (kaxeksiya)ga, yogʻ zaxirasining ortib ketishi semirishga, yogʻ bosishga olib keladi.

Uglevod Distrofiyasi glikogen va mukopolisaxaridlar hosil boʻlishi balansining buzilishi bilan kechadi (bu holat qandli diabet)da yaqqol koʻrinadi.

Mineral Distrofiyasida kaliy, kalsiy, temir va b. almashinuvi buziladi. Distrofiya alomatlari paydo boʻlganda darhol shifokorga murojaat qilib qunt bilan davolanish tavsiya etiladi (yana q. Ali-mentar distrofiya).


Lotin alifbosida maqola: DISTROFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OVQATLANISH
HUJAYRA
YER
NERV SISTEMASI
HUJAYRA NAZARIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты