DISFAGIYA

DISFAGIYA (due… va yun. phagein — yutmoq, yemoq) — ovqat yoki suv yutishning buzilishi. Halqum, hiqildoq va qiziloʻngach devorlarining shikastlanishi, ularga yot jismlar tiqilishi, yalligʻlanish, isteriya va b. asabiy-ruhiy kasalliklarda bu aʼzolarning to-rayishi (spazm), shuningdek, baʼzi yuqumli kasalliklar (qoqshol, quturish) D. ga sabab boʻladi. Qiziloʻngach rakida ham Disfagiya kuzatiladi. Belgilari: ovqat yutgan vaqtda ogʻriq seziladi, burun, hiqildoq, kekirdak, koʻks oraligʻiga ovqat ketib qoladi. Disfagiyaga sabab boʻlgan omillar aniqlanib, tegishli doridarmonlar buyuriladi.


Lotin alifbosida maqola: DISFAGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HALQUM
YALLIGʻLANISH
OKEAN
BURUN
XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты