DIFENILOKSID

DIFENILOKSID, difenil-efir (S6N5) 2O — rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,21. Suyuklanish t-rasi 28—29°, qaynash t-rasi 259,3°; zichligi 1075 kg/m3. Suvda deyarli erimaydi, benzol, muz holdagi sirka kislota, etanolda yaxshi eriydi. S6N5S1 bilan C6H5ONa ni mis ishtirokida qizdirish orkali olinadi. Past t-rada suyuklanishi, termik va kimyoviy barqarorligi sababli Difeniloksidning difenil bilan aralashmasi (difenil aralashmasi, dinil, dauterm A) yoki naftalin bilan aralashmasi (dauterm V) issiqlik oʻtkazuvchi modda sifatida ishlatiladi. Difeniloksid xushboʻy modda sifatida ham qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DIFENILOKSID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MIS
DIFENIL
KALSIY
NATRIY
TEMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты