DIFILLOBOTRIOZ

DIFILLOBOTRIOZ — odam va baʼzi hayvonlar ichagida parazitlik qilib yashaydigan serbar lentasimon gijjalar qoʻzgʻatadigan kasallik. Kasal odam yoki hayvon axlati bilan gijja tuxumi, koʻpgina tana qismlari tashqariga chiqadi. Tuxum suvga tushsa, 3—5 haftadan keyin undan gʻumbaklar paydo boʻladi, ular balikdarni zararlaydi. Odam xom baliq, shuningdek, normal tuzlanmagan ikra yegandagina Difillobotrioz yuqadi. Bunda odamning koʻngli aynib, qayt qiladi, baʼzan qorni ogʻrib, juda kamqon boʻlib qoladi. Bemor axlatidan gijja tuxumi yoki tana qismlari topilgandan keyin tashhis qoʻyiladi. Bemor iloji boricha kasalxonada davolangani maʼ-qul. Organizmdan gijjalarni haydaydigan, shuningdek, kamqonlikni bartaraf etuvchi doridarmonlar buyuriladi. Kasallikning oldini olish uchun daryo va koʻllarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, baliqni faqat pishirib, qovurib, dudlab yoki yaxshilab tuzlab isteʼmol qilish kerak. Baliq tuzlanganda 2—7 kunda beza-rar boʻlib qoladi. Serbar lentasimon gijja lichinkalari muzlatilgan balikda —6°, —18° t-rada 7 kungacha tirik saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DIFILLOBOTRIOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OVQATLANISH
DIZENTERIYA
TRIXOTSEFALYOZ
Hamdam Sobirov - Qayt


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты