DIFMANOMETR

DIFMANOMETR, differensial manometr — bosimlar farqini oʻlchaydigan asbob. Bosimlar farqi boʻyicha suyuqliklar sathini, bug, gaz, suyuqliklar sarfini oʻlchashda ham ishlatiladi. Ishlash tarziga koʻra suyuqlikli va mexanik Difmanometr larga boʻlinadi. Suyuqlikli Difmanometrning naychali, qalqovuchli, halqasimon va qoʻngʻiroqsimon turlari bor. Mac, naychali Difmanometr oʻz navbatida ikki (Usimon) va bir naychali (idish va vertikal naychali hamda idishli va qiya naychali) turlarga boʻlinadi. Ikki naychali Difmanometrning ishi suyuqlik toʻldirilgan tutash idishlardan foydalanishga asoslangan. Usimon Difmanometrning oʻlchash diapazoni muxit bosi-mi 15 MN/m2 (150kg-kuch/sm2) boʻlganda 93 kN/m2 (700 mm sim. ust.). Qalqovuchli Difmanometr bir naychali Difmanometrga oʻxshab ishlaydi; bunda idishdagi suyuklik sathining oʻzgarishini asbob miliga uzatuvchi sifatida qalqovuch xizmat qiladi. Oʻlchash diapazoni muhit bosimi 16 MN/ m2 (160 kgkuch/sm2) boʻlganda 0—133 kN/ m2 (0—1000 mm sim. ust.). Mexanik Difmanometr membranali va silfonli xillarga boʻlinadi. Membranali Difmanometrning ishi elastik metall membrananing bosimlar oʻzgarishi hisobiga egilishiga asoslangan (2-rasm). Oʻlchash diapazoni mu-hit bosimi 60 MN/m2 (600 kg-kuch/sm2) gacha boʻlganda 133 kN/m2 (1000 mm sim. ust.) gacha. Silfonli Difmanometr burmalangan metall quticha (silfon)ning ichidagi va sirtidagi bosimlar farqi hisobiga ishlaydi. Qalqovuchli, halqasimon, qoʻngʻiroqsimon va mexanik Difmanometr larda koʻrsatuvchi, oʻzi yozuvchi hamda elektr kontaktli qurilmalar ham boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: DIFMANOMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VAKUUMMETR
YER
TOSHKENT
MANOMETR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты