DIFFERENSIAL HISOB

DIFFERENSIAL HISOB — matema tikaning hosilalar va differensiallarni hisoblash, ularning xossalarini oʻrganish hamda funksiyalarni tekshirishga tatbiq qilish bilan shugʻullanadigan boʻlimi. 17-a. ga kelib Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining oʻsishi, turli mashina va inshootlarning yaratilishi, kemasoalikning rivojlanishi, ballistika (umuman, harbiy ish) talablari aniq fanlar, jumladan matematika oldiga juda koʻp yangi masalalarni qoʻyganligi munosabati bilan Differensial hisob va integral hisob gʻoyalari vujudga keldi. Differensial hisobning vujudga kelishidagi dastlabki ishlar egri chiziqqa urinma oʻtkazish masalasini yechishda Ferma, Dekart va b. matematiklar tomonidan qilingan. I. Nyuton va G. Leybnis oʻzlaridan avvalgi matematiklarning bu boradagi ishlarini nihoyasiga yetkazdilar. 17-a. oxiri va 18a. boshlarida matematik analiz mustaqil fan sifatida shakllandi.

Ad.: Azlarov T. A., Mansurov X., Matematik analiz, l-qism, T., 1994.

Tursun Azlarov.


Lotin alifbosida maqola: DIFFERENSIAL HISOB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
FIZIKA
KIMYO
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты